Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 01.08.2026

1. Qanday ma'lumot yig'amiz

Ro'yxatdan o'tganingizda email manzilingiz va to'liq ismingizni so'raymiz. API'dan foydalanganingizda so'rov statistikasi (vaqt, model nomi) saqlanadi — suhbat matnining o'zi doimiy saqlanmaydi.

2. Ma'lumotdan qanday foydalanamiz

Email manzilingiz faqat hisobingizni tasdiqlash va muhim xabarnomalar uchun ishlatiladi. Uni uchinchi shaxslarga sotmaymiz yoki bermaymiz.

3. API tokenlari

Yaratgan API tokenlaringiz sizning shaxsiy kalitlaringiz hisoblanadi. Ularni boshqa birov bilan bo'lishmang. Tokenni istalgan payt o'chirish yoki muddatini belgilash imkoniyati mavjud.

4. Xavfsizlik

Parolingiz xavfsiz shifrlangan holda saqlanadi. Ro'yxatdan o'tish va kirish jarayonlarida avtomatlashtirilgan hujumlardan himoyalanish uchun CAPTCHA tekshiruvidan foydalanamiz.

5. Aloqa

Savollaringiz bo'lsa, Support bo'limi orqali biz bilan bog'laning.